Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Andijonning Asaka tumanida 1 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketdi. FVB qutqaruvchilari qizni chuqurdan olib chiqdi.
Asaka va Farg‘ona tumanlari hokimlari yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani uchun lavozimidan ozod qilindi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Asaka tumani hokimligi bosh yuristkonsulti fermer xo‘jaligining suddagi ishini hal qilib berish evaziga $1000 olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Asaka tuman hokimligi mas’ul xodimi issiqxona qurish uchun 30 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. U shundan 8 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video yuzasidan hokimlik matbuot xizmati izoh berdi. Unga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan videolarni hokimlik Telegram kanaliga joylagan mas’ul xodimlarga chora ko‘rilgan.
Asakada 2020 yilning iyunida 9 yoshli qizaloqni o‘ldirishda gumonlangan qo‘shni ayol aybdor deb topilib, 12 yil 4 oy 24 kun ozodlikdan mahrum qilindi.
Asaka tumanidagi «Xalq banki» filiali xodimlari 158 nafar fuqaroning jami 90,3 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan. Bundan tashqari, bank filiali sobiq rahbari va boshqalar kredit mablag‘ini to‘liq so‘ndirish uchun to‘langan 58 mln so‘mni bankka kirim qilmasdan o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Asaka tumanida sobiq fermer hokimlik zaxirasidagi 50 sotix yerni tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik uchun ajratib berishini va’da qilgan. U buning uchun 10 ming dollar talab qilgan. Keshilgan pulning 5 ming dollarini olayotgani vaqtida Bosh prokuratura va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mansurbek Alixanov tayinlandi. Shuningdek, Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting